
Monomarkazda psixologik xizmat yo`lga qo`yilgan bo`lib, unda psixokonsultatsion, psixokorreksion, psixodiagnostik, psixoprofilaktik hamda psixologik targ`ibot ishlari amalga oshiriladi. Psixologik bilimlar doirasida seminar-trening hamda suhbatlar tashkil qilinadi. Monomarkazning asosiy obyekti – bu monomarkaz ishchi-xodimlari, tinglovchilar hamda ma`muriyat. Asosiy maqsadi monomarkazning psixologik iqlimi me`yorda bo`lishini ta`minlash uchun barcha psixologik chora-tadbirlarni amalga oshirishdir. Psixologning maslahat ishlarida talabga ko`ra jamoaviy va individual psixologik suhbatlar va qabullar tashkil etilib, ularning shaxsiy-hayotiy muammolari yuzasidan murojaatlariga ko`ra psixologik maslahatlar berib boriladi. Psixokorreksion ishlar doirasida monomarkazda faoliyat yuritayotgan xodimlar va tinglovchilarning muammolari, imkoniyatlari bo`yicha tuzatuvchi va rivojlantiruvchi amaliy mashg`ulot, treninglar muntazam ravishda amalga oshiriladi. Psixodiognostik yo`nalishda esa psixolgik testlar, proyektiv metodikalar, so`rovomalar orqali monomarkazning psixologik iqlimi va shaxsning ruhiy holatlari aniqlanib, unga tegishli tavsiyalar beriladi. Statistik tahlil qilinib rahbariyatga taqdim etib boriladi. Psixoprofilaktik ishlar monomarkazda tahsil olayotgan tinglovchilar, faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar va ma`muriyat xodimlarida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan muammolar bo`yicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshiradi. (Ruhiy tushkunlik, agressivlik, nizolashuvchanlikka moyillik, o`z "men"iga obyektiv baho berolmaslik) kabi muammolar aniqlanib, uni oldindan bartaraf etishga kirishish tashkil qiladi. Psixologik targ`ibot va tashviqot ishlari, asosan, monomarkazda tinglovchilar va xodimlar orasida psixologik xizmat faoliyatini targ`ib qilish, shuningdek, monomarkazning internet sahifalarida o`zining faoliyati yuzasidan targ`ibot ishlarini amalga oshirish jarayonlari bilan izohlanadi. Tashkiliy metodik faoliyat ishlari psixolog psixologiyaga oid ilmiy-ommabop gazeta, jurnal va internet sahifalarida o`z maqolalarini yoritib borishi, shu bilan birga, o`zining ish tajribasi va malakasidan kelib chiqib o`quv qo`llanmalar chop ettirib borishi bilan izohlanadi.